Dilnoza Aminova. Ushbu maqolada zamonaviy axborot makoni va bozor munosabatlari davrida vizual muloqot hamda korxona qiyofasini yaratishda logotipning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, logotip tushunchasining XIX asrdagi dastlabki matbaa atamalaridan boshlab, bugungi kun media iqtisodiyotidagi ko‘p vazifali tasviriy farqlash vositasigacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish yo‘llari o‘rganilgan. Maqolada logotip va tovar belgisi tushunchalarining farqlari, tasviriy belgilarning xaridor idrokiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari hamda brendning hissiy funksiyalari ochib berilgan. Vizual va matnli belgilarning uyg‘unligi, axborot muhitida mahsulotlarni tanib olish va himoya qilishda logotipga qo‘yiladigan asosiy talablar (individuallik, soddalik, jozibadorlik, taniqlilik) tizimli ravishda tadqiq etilgan.

