Yulduz Artikova. Mazkur maqolada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizimning milliy hamda jamoatchilik ongini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ijtimoiy ongning shaxsiy, jamoaviy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik, ekologik va tarixiy kabi shakllari hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik va siyosiy ongga ta’siri, media orqali turli obraz va qarashlarning shakllanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada milliy mentalitet tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarixiy tajriba, urf-odat, qadriyat, madaniyat va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi tahlil etilgan. O‘zbekiston milliy mentalitetining o‘ziga xos jihatlari hamda zamonaviy globallashuv sharoitida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi haqida fikr yuritiladi.

